
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel «Tolibon» harakati vakillarini muqarrar suhbatdoshlar deb hisoblaydi va Afg‘onistonda Yevropa Ittifoqining ishtirokini ta’minlash tarafdori ekanini bildirdi.
«Biz Tolibon bilan muloqot qilishimiz kerak... Bu ularning hukumatini tan olish yoki ularning dunyoqarashini qabul qilish emas... Lekin Tolibon – muqarrar suhbatdoshlar va biz Kobulda bo‘lishimiz kerak», deydi Jozep Borrel.
«Yevropa Ittifoqi gumanitar yordamni to‘rt baravar oshiradi. Iqtisodiy yordamning qayta tiklanishi inson huquqlariga, xususan, ayollarning huquqlariga hurmat bilan qaralishiga bog‘liq bo‘ladi», deya qo‘shimcha qildi u.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar