1 857
«Tolibon» Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilish muddatini yana kechiktirdi
Foto: AP Photo
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e’lon qilish muddatini yana kechiktirishga qaror qildi, deb yozadi «Interfaks».
«Yangi hukumat va Vazirlar mahkamasi a’zolari haqida endi kelasi hafta e’lon qilinadi», — dedi «Tolibon» vakili Zabihulla Mujohid.
O‘z navbatida «Tolibon» tomonidan tashkil qilingan maxsus qo‘mita (unga afg‘on jamiyatining turli guruhlari bilan yangi hukumat tuzish haqida muzokaralar olib borish vazifasi yuklatilgan) a’zosi Xalil Haqqoniy ma’lum qilishicha, «Tolibon» yolg‘iz o‘zi hukumat shakllantirishi mumkin, ammo «Tolibon»ning bir o‘zi dunyo uchun nomaqbul bo‘ladi. Natijada, uning so‘zlariga ko‘ra, «Tolibon» bo‘lg‘usi hukumat tarkibida afg‘on jamiyatidagi barcha guruhlar va qatlamlar bo‘lishini ta’minlashga intilmoqda.
Shuningdek, u yangi hukumat tarkibiga «Tolibon»ni qo‘llab-quvvatlagan Afg‘oniston sobiq bosh vaziri Gulbiddin Hikmatyor va mamlakatdan qochib ketgan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining ukasi kirishini aytdi.
Avvalroq «Tolibon» yangi afg‘on hukumati tarkibini boshidan rejalashtirilganidek 3 sentabr emas, balki 4 sentabrda e’lon qilishi ma’lum bo‘lgandi.
«Tolibon» rahbarlari Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengash tuzmoqchi ekani xabar qilingandi. «Tolibon» Afg‘onistonda prezident yoki boshqa yagona rahbar lavozimini qayta tiklashni istamaydi, lekin shu bilan birga, ular avvalgi hukumat a’zolariga yangi kengashdan o‘rin taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shu tarzda «Tolibon» xalqaro hamjamiyat e’tirofiga sazovor bo‘lish imkoniyatini oshirish uchun iloji boricha inklyuziv ko‘rinadigan boshqaruv organini yaratmoqchi.
Shuningdek, «Tolibon» Eron modeliga asoslangan hukumat tuzishni istashi ma’lum bo‘ldi. Eron Islom Respublikasida Oliy rahnamo davlat rahbari va diniy yetakchi hisoblanadi. «Tolibon» bosh yetakchisi Haybatulla Oxunzoda Oliy Kengash raisi bo‘lishi mumkin. U hech qachon omma oldida ko‘rinish bermagan va qayerda ekani hamisha noma’lum bo‘lib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi