
Foto: «Rus.azathabar.com»
Turkmaniston hukumati Afg‘onistondan qochqinlarning ommaviy oqimidan xavotirda: butun chegara bo‘ylab beton devor qurilishi mumkin. Bu haqda argumenti.ru xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, allaqachon o‘rnatilgan tikanli sim devorlar yangi hukumatdan qochayotgan qochqinlarning katta bosimiga dosh berolmaydi. Biroq Ashxabod rasmiylarining aytishicha, mavjud devor uchuvchisiz boshqariladigan qurolli otryadlar tomonidan qo‘riqlanadi.
O‘z navbatida, bir necha yillardan beri Turkmanistonda beton devor qurish g‘oyasi ko‘tarilgan. So‘nggi voqealarga qadar chegara xizmatlari Afg‘onistondan noqonuniy muhojirlarni doimiy ravishda to‘xtatib turishgan. Biroq oxirgi paytlarda Afg‘oniston hududidagi murakkab vaziyat Turkmaniston hukumatini o‘z chegaralarini mustahkamlash to‘g‘risida qaror qabul qilishiga turtki bermoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar