2 413
«Xitoy, Rossiya, Pokiston va Eron ‘Tolibon’ bilan muzokara olib borishga urinmoqda» — Jo Bayden
Foto: Yandex
Xitoy, Rossiya, Pokiston va Eron Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» bilan kelishuvga erishish yo‘llarini qidirmoqda. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden jurnalistlarga aytib o‘tdi.
«Xitoyning «Tolibon» bilan haqiqatda muammolari bor. Shu sababli Xitoy ular bilan muzokara olib borishga harakat qilayotganiga ishonchim komil. Pokiston, Rossiya, Eron ham shunday. Ularning hammasi hozir qanday yo‘l tutishni aniqlashga harakat qilmoqda», — deydi Bayden.
Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirining yordamchisi U Szyanxao «Tolibon»ning Qatardagi siyosiy idorasi direktori o‘rinbosari Abdulla Salam Hanafiy bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berilgan.
U Szyanxaoning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat tub o‘zgarishlarga uchragan va «Afg‘oniston kelajagi yana afg‘on xalqi qo‘lida».
Xitoylik diplomatning ta’kidlashicha, Pekin har doim Afg‘oniston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilgan va butun afg‘on xalqiga nisbatan do‘stona siyosat olib borgan. U Afg‘oniston «tez orada tinchlik va barqarorlikka erishishiga va mamlakat go‘zalligi qayta tiklanishiga» umid bildirdi.
Shuningdek, «Tolibon» rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ma’lum qilishicha, «Tolibon» Xitoyni Afg‘onistonning asosiy hamkori deb biladi.
«Xitoy — bizning bosh hamkorimiz, mamlakatimizga sarmoya kiritishga va uni qayta qurishga tayyorligi bilan Xitoy biz uchun muhim va alohida imkoniyatdir», — dedi Mujohid Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi