
Xitoy hukumati "Tolibon" harakati tomonidan tuzilgan Afg‘onistonning yangi hukumati bilan muloqotga tayyor. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin ma’lum qildi.
"Biz yangi afg‘on hukumati bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz", — dedi u.
Venbinning so‘zlariga ko‘ra, Pekin Afg‘onistondagi yangi hukumat "xalq manfaatlarini hisobga olishi va xalqaro hamjamiyat kutayotganidek harakat qilishi"dan umidvor.
"Afg‘oniston hukumati tolerant bo‘ladi va terrorizmga qarshi hamkorlik qiladi deb umid bildiramiz", — dedi Venbin.
Uning qayd etishicha, Afg‘onistonda yangi vazirlar mahkamasi shakllanishi "bu mamlakatda hukumat yo‘q bo‘lgan uch haftalik davr tugaganini bildiradi".
"Xitoy Afg‘oniston suvereniteti va mustaqilligini hurmat qiladi", — deb ta’kidladi Venbin.
Xitoy HukumatiTolibon HarakatiAfg‘oniston Yangi HukumatiMuloqotga TayyorTolerant HukumatiTerrorizmga Qarshi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar