22:38 / 08.09.2021
2 183

Chechenistonda Qodirovlar oilasining eng yaxshi suratlari uchun tanlov e’lon qilindi

Chechenistonda Qodirovlar oilasining eng yaxshi suratlari uchun tanlov e’lon qilindi
Foto: ideputat
Checheniston hukumati respublika rahbari Ramzan Qodirov, otasi Ahmad va onasi Aymaniyning eng yaxshi badiiy obrazi uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda Checheniston parlamenti rahbari Magamed Daudovga tayanib, Meduza xabar berdi.

Daudovning so‘zlariga ko‘ra, tanlov «respublikadan tashqarida yashovchi chechenlarning ko‘p sonli murojaatlari munosabati bilan» e’lon qilingan.

«Shubhasiz, chet elda yashovchi chechenlar orasida, ayniqsa, yoshlar orasida iste’dod egalari ko‘p. Tanlov ularning o‘zi tug‘ilgan yurt tarixi haqidagi bilimlarini mustahkamlash va vatan bilan madaniy aloqalarni saqlab qolish maqsadida e’lon qilindi», — deyiladi xabarda.

Uch nominatsiya bo‘yicha har bir g‘olib 500 ming rubl (6 850 dollar) dan mukofot oladi. Pullar Ahmad Qodirov nomidagi viloyat jamoat fondi hisobidan to‘lanadi. Tanlov 5 oktabrga qadar davom etadi.

Avgust oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Grozniy xalqaro aeroportiga Checheniston birinchi prezidenti Ahmad Qodirovning nomini bergandi. Farmon Ahmad Qodirov tavalludining 70 yilligi munosabati bilan imzolangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chechenistonda Qodirovlar oilasining eng yaxshi suratlari uchun tanlov e’lon qilindi