
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani tolibonlarning mamlakatni bosib olishiga qarshilik qilolmagani uchun o‘z xalqidan kechirim so‘radi.
Uning aytishicha, Kobulni tark etish hayotidagi eng qiyin qaror bo‘lgan. Bu holatni ortiqcha qon to‘kmaslik bilan izohlagan.
«Qurol ishlatmasdan Kobulni va uning 6 millionli aholisini qutqarish uchun shunday qarorga keldim», deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tolo News telekanali.
Shuningdek, u o‘zi bilan davlat budjetidagi millionlab dollarlarni olib qochgani haqidagi xabarlarni uydirma deb atagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar