13:13 / 15.09.2021
2 032

Toliblar tomonidan Panjsherda 20 nafarga yaqin tinch aholi vakili o‘ldirilgan

Toliblar tomonidan Panjsherda 20 nafarga yaqin tinch aholi vakili o‘ldirilgan
Foto: Reuters
«Tolibon» harakati a’zolari tomonidan Afg‘onistonning Panjsher viloyatida 20 nafarga yaqin tinch aholi vakili o‘ldirilgan. Bu haqda "BBC News" xabar bermoqda. Ma’lumki, ushbu viloyatda toliblar va Milliy qarshilik fronti kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.

"BBC News" toliblarni ushbu jinoyatni sodir etganini tasdiqlovchi dalillarga egaligini da’vo qilgan holda, ularni tinch aholini qirishda ayblagan.

"BBC News" toliblar harbiy kiyimdagi odamni o‘qqa tutganini aks etgan lavhaga ega bo‘lgan. Unda o‘ldirilgan odam oddiy fuqaro bo‘lgani da’vo qilinmoqda.

«Qurbonlardan yana biri ikki farzandning otasi Abdul Sami bo‘lgan. Toliblar uni qarshilik kuchlari jangchilariga sim-karta sotishda ayblab, olib ketgan. Bir necha kundan keyin uning jasadini uyi yaqiniga tashlab ketilgan. Guvohlarga ko‘ra, jasadda qiynoq izlari yaqqol ko‘rinib turgan», deyiladi xabarda.

Avvalroq, BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet toliblar sobiq hukumat amaldorlari va xavfsizlik xodimlarining huquqlarini poymol qilishlarini, tintuvlar o‘tkazayotgani, qatllar qilgani va BMT xodimlariga hujum qilayotgani aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq afg‘on harbiylarini o‘ldirish holatlari ham tez-tez uchrab turibdi.

"Human Rights Watch" tashkiloti avgust oyi boshida Qandahor va G‘azni viloyatlarida jangarilar AQSH bilan hamkorlik qilgan harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va fuqarolarni sud qarorisiz qatl qilingani haqida hisobotni e’lon qildi. Huquq himoyachilari bunday qatllar harbiy jinoyatlarga tenglashtirilganini ta’kidladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar tomonidan Panjsherda 20 nafarga yaqin tinch aholi vakili o‘ldirilgan