
Foto: Legion Media
Britaniyalik yozuvchi Nik Redfern Merilin Monroning Markaziy razvedka boshqarmasi ishlariga aralashuvi tufayli vafot etganini ma’lum qildi. Bu haqda u «Sirlar kundaligi: NUJ fitnasi va Merilin Monroning sirli o‘limi» nomli kitobida yozgan.
Monro 1962 yil 5 avgustda 36 yoshida vafot etgan bo‘lsa-da, ammo uning o‘limi haqidagi bahslar hali ham davom etmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa uyqu dori sifatida qabul qilgan barbituratning haddan tashqari dozasi tufayli vafot etgan. Monroning o‘limini o‘z joniga qasd qilish deb hisoblaydiganlar ham talaygina.

Foto: Wikimedia Commons
Ammo yozuvchining ishonch bilan ta’kidlashicha, Merilin Jon Kennedi aytgan ma’lumot tufayli o‘ldirilgan. Uning aytishicha, AQSH sobiq prezidenti aktrisaga halokatga uchragan NUJlar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni aytgan.
Uning o‘limi Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan, shundan keyingina o‘zga sayyoraliklar haqidagi ma’lumotlarning tarqalishi to‘xtagan. «Monro halokatga uchragan NUJ (noma’lum uchar jism)lar va AQSH harbiy bazalarida saqlanayotgan g‘ayrioddiy jasadlar haqidagi maxfiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lgan», deb iqtibos keltiradi The Sun nashri.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar