
«Tolibon» harakati siyosiy idorasining yo‘qolib qolgani aytilgan rahbari Abdul G‘ani Barodarning yangi fotosurati e’lon qilindi. Bu haqda «Sputnik Afg‘oniston» telegram kanali ma’lum qildi.
Avvalroq, «Tolibon» hukumatidagi bosh vazir birinchi o‘rinbosari Barodar Afg‘onistonning yangi vazirlar mahkamasi tarkibi bo‘yicha janjaldan keyin Kobuldan Qandahorga ketgani ma’lum bo‘lgan.
Prezidentlik saroyida Barodar va migratsiya vaziri Xalil ar-Rahmon Haqqoniy o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘lganligi haqida ma’lumot bor.
«Sputnik Afg‘oniston» ma’lumotiga ko‘ra, Barodar butun «Tolibon» hukumatiga qarshi. Yetakchi hukumatda barcha etnik guruhlarning vakili bo‘lishni xohlagan, biroq Pokiston bosimi tufayli bunga erisha olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar