09:00 / 18.09.2021
2 270

Tramp: «Baydendan keyin AQSH yo‘q bo‘lib ketadi...»

Tramp: «Baydendan keyin AQSH yo‘q bo‘lib ketadi...»
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat yaqin 3 yil ichida yo‘q bo‘lib ketishini bashorat qilgan. Newsmax nashriga bergan intervyusida u Jo Bayden hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, «mamlakat hech qachon bunchalik pastlab ketmagani»ni aytgan.

«Biz 2022 (Vakillar palatasi va AQSH Senatiga) va 2024 yillarda (prezident saylovlari) saylovga borgunimizcha bizda mamlakat bo‘lmaydi», degan u. Shuningdek, u Bayden ma’muriyati AQSHning amaldagi prezidenti va demokratlarini tanqid qiladigan oddiy amerikaliklarga qarshi Adliya vazirligidan qurol sifatida foydalanayotganini aytgan. Tramp buni Baydenning mamlakat sobiq prezidenti tomonidan harbiy akademiyalar kengashlariga tayinlangan bir necha kishining iste’fosi haqidagi talablariga javoban aytdi.

Siyosatchi, shuningdek, aslida AQSH hukumatini Barak Obama boshqaradi, degan fikrini bildirgan. Tramp shuningdek, Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishini ham e’tiborsiz qoldirmadi.

«Biz butun dunyo bo‘ylab kulgiga qoldik. Afg‘onistonda nima bo‘ldi? Millionlab odamlar o‘tayotgan chegaramizda nima bo‘lyapti? Biz ularning kimligini bilmaymiz. Bu sharmandalik. Mamlakatimizga nima bo‘lyapti?» – deydi sobiq prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: «Baydendan keyin AQSH yo‘q bo‘lib ketadi...»