Foto: «Journalchik.ru»
SSSRning sobiq rahbari Mixail Gorbachyov ittifoqning qulashi uchun javobgarlik hissidan voz kechmasligini tan oldi.
«Ittifoqni isloh qilish va yangilash zarur va mumkin edi. Kech bo‘lsa-da, biz bu yo‘lni tanladik. Agar bu jarayonning barcha ishtirokchilari o‘z mas’uliyatini namoyon qilsalar, men ishonamanki, natija bo‘lar edi: bizda kuchli, chinakam suveren respublikalar va ularning umumiy manfaatlari uchun harakat qiladigan kuchli, samarali markaz bo‘lishi mumkin edi. Lekin biz bu muammoni hal qila olmadik. Men ushbu jarayondagi ayblarimni tan olaman», — deya ta’kidlagan Gorbachyov o‘z intervyusida.
«Ayta olamanki, hammaning oldida vijdonim toza. Men Ittifoqni oxirigacha himoya qildim, siyosiy yo‘llar bilan harakat qildim, — deydi Mixail Sergeyevich. — O‘sha paytda ham, hozir ham urush harakatlari boshlanishi xavfi tufayli zo‘rlik bilan harakat qilish mumkin emas.
Agar Rossiyaning pozitsiyasi bo‘lmaganida, boshqa respublikalarning ayirmachilari hech qachon Ittifoqni yo‘q qilishga yetarli kuchga ega bo‘la olmas edilar», — deydi u.
Mixail Gorbachyov so‘zlariga ko‘ra, hatto avgust oyi to‘ntarishidan keyin ham respublikalar suverenitet va mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish natijasida ittifoq konfederativ davlatini tuzish to‘g‘risida kelishib olish mumkin edi. Hatto ushbu maqsadda shartnoma loyihasi ham tayyorlangandi.
«Odamlar vatanni yo‘qotayotganini tushunishmadi. Hech kim Ittifoqni himoya qilib chiqmadi. O‘ylaymanki, bundan muhim xulosa chiqadi: mamlakat taqdiriga ta’sir ko‘rsatadigan holatlarda mas’uliyatsizlik, populizm, arzon demagogiya qabul qilinishi mumkin emas», — deya qo‘shimcha qiladi siyosatchi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi