14:49 / 23.09.2021
1 935

Pokiston «Tolibon»ga xavfsizlik xizmatini tayyorlashga yordam berishni va’da qilmoqda

Pokiston «Tolibon»ga xavfsizlik xizmatini tayyorlashga yordam berishni va’da qilmoqda
Foto: AP
Pokiston Afg‘onistonning yangi hukumatiga xavfsizlik xizmatini tayyorlashda yordam berishga tayyor. Bu haqda Pokistonning Kobuldagi elchisi Mansur Ahmad Xon aytib o‘tdi.

«Biz, Afg‘oniston hukumatiga xavfsizlik xizmatini tayyorlashda yordam berishga tayyormiz. Ammo bularning barchasi Afg‘oniston hukumatiga bog‘liq», dedi diplomat.

Unga ko‘ra, Islomobod har qanday holatda agar «Tolibon» harakati buni istasa Kobulning ehtiyojlarini qondirishga tayyor.

Afg‘oniston masalasida Pokiston Xitoy va Rossiya hamkorlikda ishlamoqda. Xususan, 16 sentabr kuni Pokiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Shoh Mahmud Qurayshi va Sergey Lavrov tomonidan tegishli bitim tuzilgan. Bundan tashqari, 21 sentabr kuni Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay va Milliy yarashuv oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla Rossiya, Xitoy va Pokiston muzokarachilari bilan uchrashib, Afg‘onistondagi vaziyat, mamlakat kelajagi va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni muhokama qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston «Tolibon»ga xavfsizlik xizmatini tayyorlashga yordam berishni va’da qilmoqda