10:04 / 27.09.2021
3 058

Yangi kansler, yangi hukumat. Germaniyada saylovlar yakunlandi

Yangi kansler, yangi hukumat. Germaniyada saylovlar yakunlandi
Germaniya sotsial-demokratik partiyasi Bundestagga saylovlarda 25,4 foiz ovoz bilan ustunlikni qo‘lga kiritdi.

Angela Markel o‘rnini endilikda sotsial-demokrat Olaf Shols egalladi. Xristian demokratlari va xristian sotsial birlashmalari bloki - 25,1 foiz ikkinchi o‘rinda bo‘lsa, Yashillar partiyasi 13,8 foiz ovoz to‘plagan. Bu haqda Germaniya markaziy saylov komissiyasi ma’lum qilgan.

21 avgust kuni Germaniya kansleri Angela Merkel partiya raisi sifatida Armin Lashetni o‘z vorisi deb atagandi. U u saylovlardan so‘ng Lashet Germaniya kansleri bo‘lishiga «qat’iy ishongan». U o‘z nutqida, ayniqsa, nomzodning shaxsiy fazilatlarini maqtagan.

Germaniyada parlament saylovlari 26 sentabr, yakshanba kuni ertalab boshlandi. 16 yillik hukmronlikdan so‘ng Germaniya kansleri Angela Merkel saylovlarda o‘z nomzodini ilgari surmadi. Germaniya hukumati rahbari lavozimiga asosiy da’vogarlar - Merkelning partiyadoshi, Xristian demokratlari va xristian sotsial birlashmalari siyosiy ittifoqi vakili Armin Lashet, Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan Olaf Shols va Yashillar partiyasidan Annalena Berbok nomzodlari qo‘yilgan edi.

Kansler lavozimini egallashga yaqin turgan Olaf Shols Yevropa Ittifoqi va NATO bilan munosabatlar avvalgiday saqlanib qolinishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi kansler, yangi hukumat. Germaniyada saylovlar yakunlandi