Foto: ria.ru
Shimoliy Koreya «Xvason-8» deb nomlangan yangi gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Bunga qadar Pxenyanda bu turdagi qurol yo‘q edi.
Sinovlar 28 sentabr kuni ertalab Chagan provinsiyasida bo‘lib o‘tgan, deb yozadi Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi xabariga tayanib.
Markaziy telegraf agentligi xabarida «Xvason-8» raketasi «strategik qurol» deb nomlangan, bu uning yadroviy zaryadga ega ekanini anglatishi mumkin, deb yozadi BBC News.
KXDR vakillari raketani «eng muhim beshta» yangi qurol tizimlaridan biri deb atagan. Bunday tizimlar haqida Shimoliy Koreyaning 2021 yil yanvar oyida qabul qilingan besh yillik harbiy rejasida tilga olingan.
28 sentabr kuni Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi KXDR Yapon dengizi tomon kamida bitta raketa uchirganini ma’lum qildi. Kyodo manbalariga ko‘ra, bu qisqa masofali ballistik raketa bo‘lgan.
Avvalroq AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqot loyihalari boshqarmasi gipertovushli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgani haqida ma’lum qilgandi. Parvoz paytida raketa tezligi tovush tezligidan besh baravar yuqori bo‘lgan.
Ma’lumot uchun: Gipertovushli raketa — odatiy raketalarga qaraganda ancha tezroq va boshqarish osonroq, bu esa ularning raketalarga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan tutib olinishini qiyinlashtiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi