Foto: BBC
Afg‘onistonning Zabul viloyatida ISHID terrorchilariga qarshi kurashda «Tolibon»ning kamida 17 nafar a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Kobul News telekanaliga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ISHID jangarilari pistirma uyushtirgan, to‘qnashuvda ulardan uch kishi halok bo‘lgan.
«Xama Press» xabar berishicha, «Tolibon» ketma-ket portlashlar va qurolli hujumlar tufayli Nangarhor viloyatida, shuningdek, viloyat poytaxtida ISHID jangarilariga qarshi operatsiya boshlanganini e’lon qilgan. ISHIDning Xurosondagi bo‘linmasi ushbu hodisalarning bir qismi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
26 avgustda Kobul aeroporti yaqinida ikkita portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida kamida 170 kishi halok bo‘ldi. Hujum uchun javobgarlikni ISHIDning Afg‘onistondagi bo‘linmasi o‘z zimmasiga oldi: bo‘lim Afg‘onistonda rasman 2015 yilning boshida «Viloyati Xuroson» nomi bilan paydo bo‘lgan.
AQSH prezidenti aeroport yaqinida hujum uyushtirgan odamlar qidirib topilishi va bunga javob berishini aytdi. «Biz kechirmaymiz va unutmaymiz. Biz sizni qidirib topamiz va javob berishga majbur qilamiz», — dedi Bayden. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?