Bir juft to‘ng‘iz Barselonadagi bog‘da Milan ismli sakkiz yoshli o‘g‘li bilan sayr qilib yurgan taniqli qo‘shiqchi Shakiraning sumkasini olib qochdi. Bu haqda qo‘shiqchi o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan, deb yozadi Esquire.
Shakira ijtimoiy tarmoq orqali hayvon tomonidan yirtib tashlangan ryukzakni namoyish etgan. «Bog‘da menga hujum qilgan ikki to‘ng‘iz sumkamni qay ahvolga solganini ko‘ringlar. Ular sumkani telefonim bilan birga o‘rmonga olib ketdi. Ular barchasini dabdala qildi», — deydi Shakira.
Shundan so‘ng qo‘shiqchi o‘g‘liga murojaat qilgan: «Milan, to‘g‘risini ayt. Onang to‘ng‘izga qanday qarshilik ko‘rsatganini gapirib ber».
Shakira Barselonada so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan yovvoyi to‘ng‘izlarning ko‘plab jabrlanuvchilaridan biriga aylandi. 2016 yilda ispan politsiyasi to‘ng‘izlarning itlar, mushuk va avtomobillarga hujumi bilan bog‘liq 1187 ta chaqiruvni ro‘yxatga olgan.
Hozirda Yevropadagi to‘ng‘izlar soni 10 milliondan oshadi. Yirik shaharlarda yashaydigan ushbu hayvonlar insonlar tomonidan tashlangan chiqindilar bilan oziqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin