14:25 / 02.10.2021
2 221

Mashhur kumiriga o‘xshash uchun minglab dollar sarflagan muxlislar (foto)

Mashhur kumiriga o‘xshash uchun minglab dollar sarflagan muxlislar (foto)
Jahon yulduzlarining millionlab muxlislari bo‘lishi tabiiy. Ularning orasida shu qadar ashaddiylari borki, ular faqat muxlislik qilibgina qolmay, o‘zi ham yulduzlarga o‘xshashga harakat qiladi. Buning uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jarrohlik amaliyotiga ming dollarlab pul sarflaydi. Lekin natija kutilganidekmi yoki yo‘qligiga o‘zingiz guvohi bo‘ling.

Nadya Sulaymon va Anjelina Joli

Foto: Pinterest
Nadya Suleyman Anjelina Jolining eng mashhur muxlislaridan biri. Amerikalik muxlisa nafaqat yulduzning ko‘rinishiga, balki uning hayotiga taqlid qilishni xohlaydi. Plastik jarrohlik Nadya uchun yetarli bo‘lmadi. U ham aktrisaga o‘xshab ko‘p farzandli ona bo‘lishga qaror qildi. Farqi aktrisa bolalarni asrab olgan bo‘lsa, Nadya ularni o‘zi dunyoga keltirdi! Nadyaning 14 nafar farzandi bor va ulardan 8 tasi egizak.

Miranda Kerr va Xong Yux Ryum

Foto: «topnews.ru»
Yana shunday holatlardan biri koreyalik Xong Yux Ryum bilan sodir bo‘lgan. «Miranda Kerr bo‘lib uyg‘onishni istayman», – bu so‘zlar bilan qiz plastik jarrohlikni o‘tkazishga qaror qildi. Mirandaga o‘xshash uchun Xong yuzi, burun shakli, ko‘zlari va lablarini tubdan o‘zgartirdi, sochini ham xuddi aktrisaniki kabi turmaklashni o‘rgandi.

Kler Lison va Kim Kardashyan

Foto: Pinterest
Kler Lison Kim Kardashyanning eng sodiq muxlisidir. Maktabda u o‘zining g‘ayritabiiy ko‘rinishini tanqid qilgan sinfdoshlarining masxaralashlaridan azob chekdi. Keyin Kler barchasini tugatishga qaror qildi: u 50 000 dollar pulni plastik va kosmetik muolajalarga sarfladi va kumiriga o‘xshashga harakat qildi.

Mila Sinanaj va Kim Kardashyan

Foto: Pinterest
Mila ham Kardashyanning navbatdagi ashaddiy muxlisasi. U Kimga o‘xshashi uchun 30 000 dollar mablag‘ sarflagan. Mila hamon shou-biznes malikasiga taqdid qilishda davom etmoqda. Shuningdek, u Kimning sobiq turmush o‘rtog‘i Kris Xemfris bilan ham uchrashgan.

Ledi Gaga va Donna Mariya Trego

Foto: Pinterest
Britaniyalik Donna Mariya Trego Lady Gaga bilan tashqi o‘xshashlikka erishish uchun 100 000 dollardan ko‘proq mablag‘ sarfladi. Donna Mariya hamon plastik jarrohlik amaliyotini davom ettirmoqda va eksantrik yulduzning egizagi bo‘lishni orzu qiladi.

Kerolin Anderson va Pamela Anderson

Foto: Pinterest
Kerolin ham Pamelaning ashaddiy muxlisasi. U aktrisaga o‘xshash uchun 30 000 dollar sarfladi. U qomatini plastik operatsiya qildirish bilan birga, makiyajda ham aktrisaga taqlid qiladi, hattoki Pamelaga o‘xshab gapirishga ham harakat qilmoqda.

Eshli Xorn va Lindsi Loxan

Foto: Pinterest
Ha, Lindsi Loxan kabi bo‘lishni istaganlar ham bor! Lekin bunisi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Birinchidan, Eshli Xorn Lindsining singlisi hisoblanadi. Eshli o‘zini Lindsiga qaraganda ancha chiroyli va jozibali deb biladi. U holda nima uchun Eshli plastika va muolajalarga 30 000 dollar sarfladi? Ma’lumotlarga ko‘ra, Eshli otasining e’tiborini jalb qilish uchun «harakat qilmoqda».

Mikki Jey va Maykl Jekson

Foto: «Domashniy ochag»
Mikki Jey uch farzandning namunali onasi, lekin u Maykl Jeksonning egizagi sifatida ishlaydi. Mikki pop qiroliga o‘xshash uchun 15 000 dollar sarflagan va bu o‘xshashlik unga yiliga 250 000 dollar keltiradi.

Debora Devenport va Keyt Uinslet

Foto: «Domashniy ochag»
Amerikalik Debora Devenport «Titanik» filmi bosh qahramoni Keyt Uinsletga o‘xshash uchun 15 000 dollar sarfladi. U yelka, bo‘yin, ko‘zi va peshonasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Plastik jarrohlikdan so‘ng Debora natijadan mamnun.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mashhur kumiriga o‘xshash uchun minglab dollar sarflagan muxlislar (foto)