
Foto: «Ria.ru»
Afg‘oniston poytaxtidagi Idgax masjidi yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, uch kishi yaralandi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Kari Said Xostiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
«Tolibon» harakati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni sakkiz nafarga yetdi. Yana 20 kishi yaralangan. RIA Novosti suhbatdoshining aytishicha, ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin.
Avvalroq Afg‘oniston muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulla Mujohid Kobuldagi masjid yaqinidagi portlashda tinch aholi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
Ichki ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, hodisa yuzasidan uch kishi hibsga olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar