Kobulda sodir etilgan teraktda 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP
Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Idgoh masjidi yonida olomon orasida kuchli portlash sodir etildi. ToloNews telekanalining xabar berishicha, portlash “Tolibon” rasmiy vakili Zabihulla Mujohid onasining janoza marosimi vaqtida yuz bergan. Buning oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi jarohat olgan.
Taxmin qilinishicha, portlashdan keyin toliblar va “ISHID-Xuroson” terrorchi guruhi jangarilari o‘rtasida otishma yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, teraktga aloqadorlikda gumon qilinib 3 kishi qo‘lga olingan.
Ta’kidlanishicha, masjid Kobulda yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli masjid hisoblanadi.
18 va 19 sentabrda Afg‘onistonning Jalolobod shahrida ham bir qator portlashlar sodir etilgandi. Hodisa oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. Xabarlarga ko‘ra, portlashlar uchun javobgarlikni “ISHID-Xuroson” o‘z zimmasiga olgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi Idgoh masjidi yonida olomon orasida kuchli portlash sodir etildi. ToloNews telekanalining xabar berishicha, portlash “Tolibon” rasmiy vakili Zabihulla Mujohid onasining janoza marosimi vaqtida yuz bergan. Buning oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan, 32 kishi jarohat olgan.
Taxmin qilinishicha, portlashdan keyin toliblar va “ISHID-Xuroson” terrorchi guruhi jangarilari o‘rtasida otishma yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, teraktga aloqadorlikda gumon qilinib 3 kishi qo‘lga olingan.
Ta’kidlanishicha, masjid Kobulda yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli masjid hisoblanadi.
18 va 19 sentabrda Afg‘onistonning Jalolobod shahrida ham bir qator portlashlar sodir etilgandi. Hodisa oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan. Xabarlarga ko‘ra, portlashlar uchun javobgarlikni “ISHID-Xuroson” o‘z zimmasiga olgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…