Venesuela milliy valyutasi — bolivar qadrsizlanib ketgani sababli denominatsiya qilindi. Yangi kupyuralarda avvalgisiga qaraganda 6ta nol kamroq bo‘lib, u hisob-kitoblarni yengillashtirish maqsadida chiqarilgan.
Bungacha eng katta qiymatdagi kupyura 1 million bolivar bo‘lgan. U 25 AQSH sentidan kamroq turgan. Endilikda eng katta banknota 100 bolivar qiymatga ega va u 25 dollardan sal kamroq turadi.
Venesuela markaziy banki bolivar denominatsiya qilinishini sentabrda e’lon qilgan. Bungacha mamlakatda 2 litrli gazli ichimlik 8 mln bolivarni tashkil qilgan bir holatda, fuqarolarga kuniga 20 mln bolivardan ko‘proq summa yechishga ruxsat berilmagan.
Venesuela hukumati uchinchi marta milliy valyutani denominatsiya qilmoqda. Bungacha bolivardan 2008 yilda 3ta nol va 2018 yilda esa 5ta nol olib tashlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi