
“Tolibon” kuchlari tomonidan Kobulda o‘tkazilgan operatsiya davomida ISHIDning barcha guruhlari tugatildi. Bu haqda Harakatning Axborot va madaniyat vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid bugun, 4 oktabrda ma’lum qildi. Uning aytishicha, kecha tunda Kobulning 17-tumanida operatsiya boshlangan, uning davomida ISHID markazi vayron qilingan.
«U yerda bo‘lgan barcha ISHID jangarilari o‘ldirilgan», degan Mujohid, biroq ularning sonini aniq aytmagan.
Shuningdek, bu hududda yashovchi odamlar TOLOnews telekanaliga kecha portlashlar va o‘q ovozlari eshitilganini aytishgan. Vaziyatni kuzatayotgan Telegram kanallari kechasi Kobulning hamma joylarida haqiqiy janglar bo‘lganini xabar qiladi.
Oldin xabar berganimizdek, kecha Kobulda, Zabihulloh Mujohidning onasining janoza namozi o‘tkazilgan Idgoh masjidi ro‘y bergan. Portlashdan so‘ng “Tolibon” va ISHIDning bir bo‘lagi hisoblangan “Xuroson islomiy davlati» jangarilari o‘rtasida otishma boshlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar