Rossiyada koronavirus sababli barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi

Rossiyada koronavirus sababli barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi
Foto: Shutterstock
Rossiyada koronavirus pandemiyasi sababli barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘yicha ommaviy tadbirlar bekor qilingan.

Tadbirlar faqat davlat bosh sanitar vrachi qaroriga muvofiq o‘tkazilishi mumkin. Ayni paytda Rossiyaning hech bir sub’ektida uch mingdan ortiq kishi ishtirokida ommaviy tadbir o‘tkazish mumkin emas.

Oxirgi sutkada Rossiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 25781 holat qayd etildi. Bu 2 yanvardan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar