11:11 / 05.10.2021
1 764

«Putinning atrofidagi kishilarda yashirincha orttirilgan boylikni ko‘rmadik» — Peskov

«Putinning atrofidagi kishilarda yashirincha orttirilgan boylikni ko‘rmadik» — Peskov
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov dunyo siyosatchilarining moliyaviy jinoyatlarini fosh etuvchi «Pandora arxivi» (The Pandora Papers) nomi ostida nashr etilgan eng yirik ofshor hujjatlar to‘plami yuzasidan izoh berdi.

Surishtiruvchi-jurnalistlarning fikricha, hujjatda Vladimir Putinning atrofidagi kishilar ham bor. Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kreml nashrlarda haqiqiy dalillarni ko‘rmagan va ularni tekshiruv o‘tkazish uchun sabab deb hisoblamaydi.

«Biz u yerda yashirin mol-mulkni ko‘rmadik. Hozircha birorta ahamiyatga molik narsaga duch kelmadik. Haqiqatan ham diqqatni tortadigan yagona narsa esa qaysi davlatning eng katta bo‘shliqlarga ega ekani — bu AQSH. Hozircha gap ushbu allaqanday bayonotlar haqida ketayotgan bo‘lsa-da, ularning nimaga asoslangani tushunarsiz. Bu esa, shubhasiz, tekshiruv o‘tkazishga sabab bo‘la olmaydi», — dedi Peskov.

Bu orada Buyuk Britaniya hukumati «Pandora arxivi»da keltirilgani ma’lumotlarni o‘rganib chiqmoqchiligini ma’lum qildi. Qirollik moliya vaziri Rishi Sunakning aytishicha, Buyuk Britaniya soliq organlari moliyaviy hujjatlarni tekshirib chiqadi.

Shu bilan birga, vazirning so‘zlariga ko‘ra, «ma’lumotlar endigina paydo bo‘lganini hisobga olgan holda, ularga izoh berish qiyin». «Albatta, Buyuk Britaniyaning soliq va bojxona boshqarmasi (HM Revenue & Customs, HMRC) bu ma’lumotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqadi», — deb qo‘shimcha qildi Sunak.

3 oktabr kuni Vashingtondagi Xalqaro tadqiqot jurnalistikasi konsorsiumi (ICIJ) butun dunyo rahbarlari, siyosatchilari va milliarderlarining maxfiy boyliklari hamda moliyaviy hujjatlarini fosh etuvchi «Pandora arxivlari» hisobotini taqdim etdi. U 11,9 million maxfiy hujjatlarga asoslangan. Hujjatlarni tahlil qilishda BBC, The Washington Post, Le Monde va boshqa 150 ommaviy axborot vositasining 600 dan ortiq jurnalisti ishtirok etgan.

Rossiyaliklardan ushbu arxivda Vladimir Putinning o‘rtog‘i va prezidentning uchinchi qizini dunyoga keltirgani taxmin qilinadigan Svetlana Krivonogix eslab o‘tilgan. Shuningdek, «Perviy kanal» bosh direktori Konstantin Ernst, «Rostex» oilasi rahbari Sergey Chemezov, Prezident administratsiyasi rahbari Anton Vayno hamda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning kuyovi Aleksandr Vinokurovga aloqador ma’lumotlar ham ushbu arxivda mavjud. Jurnalistlar Vinokurovning bir nechta Virjinya ofshorlaridagi ishtirok etgani va Isroil fuqaroligiga ega ekanligini aniqlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Putinning atrofidagi kishilarda yashirincha orttirilgan boylikni ko‘rmadik» — Peskov