Litva Oliy Kengashining sobiq raisi Vitautas Landsbergis Qrimning Ukrainaga «qaytishi» sharti haqida ma’lum qildi. Siyosatchining intervyusi Ukrainaning «Den» nashrida chop etilgan.
«Menimcha, Ukraina rasmiylari, biz Qrimni tez orada qaytarib odamiz, deya ma’lum qilishdi. Ammo bu «tez orada» yoki «yaqinda emas» faqat Rossiyaning parchalanishi bilan keladi, undan oldinroq emas. Rossiya barcha yadroviy bombalari bilan hech qachon Qrimdan voz kechmaydi», - dedi Landsbergis.
Shu bilan birga, «barcha imperiyalarning oxiri bor», jumladan Rossiya «uchinchi marta» parchalanishiga yuz tutadi, deya bashorat qiladi siyosatchi.
Landsbergis — Litvaning SSSR tarkibidan ajralib chiqishining asosiy tashabbuskorlaridan biri. U 1990 yil 10 martda, qonuniy mustaqillik e’lon qilinishidan oldin, Litva Respublikasi Oliy Kengashi raisi lavozimini egallagan.
1991 yil 9 fevralda Litvada respublikaning mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq so‘rovi o‘tkazilgan. So‘rovnoma ishtirokchilarining 90 foizdan ortig‘i SSSR tarkibidan chiqish tarafdori bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi