
Foto: Tvitter
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘onistonda «Tolibon» tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Afg‘oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi vakili Abdul Qahhor Balxiy xabar berdi.

Muzokaralar boshida Muttaqiy o‘zbekistonlik hamkasbini qutlab, mamlakatdagi vaziyat yaqinda barqarorlashiga ishontirgan. U O‘zbekiston tomoniga Afg‘onistonga ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.

O‘z navbatida, Abdulaziz Komilov Qobulda hayot izga tushayotganini, xavfsizlik muhiti qaror topayotganini e’tirof etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar