13:32 / 08.10.2021
1 097

Hindiston 15 oktabrdan sayyohlarga kelishga ruxsat berdi

Hindiston 15 oktabrdan sayyohlarga kelishga ruxsat berdi
Foto: globestravel
Hindiston ichki ishlar vazirligi 15 oktabrdan mamlakatga charter reyslar bilan keluvchi xorijliklarga sayyohlik vizalari berishni boshlaydi. Shu bilan birga vazirlikda ta’kidlanishicha, Hindistonga charter reyslar bilan kelmaydiganlarga vizalar bir oy keyinroq - 15 noyabrdan beriladi.

Mamlakatga keluvchilar, ularni yetkazuvchi kompaniyalar Hindistonda koronavirusga qarshi amal qiluvchi barcha me’yorlar va bayonnomalarga rioya qilishlari lozim.

Hindiston hukumati pandemiya sababli 2020 yil martdan barcha turistik vizalar berilishini bekor qilgandi. Ayni vaqtda xorijliklar mamlakatga amaliy, tibbiy yoki boshqa viza bilan kelishlari mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 50 mlnga yaqin odam turistik sohada faoliyat yuritgan. Turizmning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasi yalpi ichki mahsulotning 10 foizini tashkil qilgan. Jumladan, Goa shtati Hindistonning xorijliklar eng ko‘p tashrif buyuruvchi joylaridan biri bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, Hindistonga keluvchi sayyohlar xorijiy pasportga va tashrifdan oldin 72 soat ichida olingan manfiy PZR-testga ega bo‘lishlari kerak. Bu koronavirusga qarshi emlanganlarga ham taalluqli bo‘ladi.

Avvalroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi chegaralar ochilgandan keyin birinchi 500 mingta turistik viza bepul berilishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindiston 15 oktabrdan sayyohlarga kelishga ruxsat berdi