Foto: AP
"Tolibon" harakati Afg‘onistonning bir necha viloyatida ISHID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bu haqda EFE agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma’lumot berishicha, Kobul, Kunar, Nangarhor va Parvon viloyatlarida janglar bo‘lib o‘tmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi vaqtda ISHID jangarilari aynan ana shu viloyatlarda faollik ko‘rsatmoqda va vaqti-vaqti bilan toliblarga qarshi hujumlar uyushtirmoqda.
"Maxsus bo‘linmalarimiz razvedka bilan birgalikda ISHIDga qarshi operatsiyalar o‘tkazmoqda. Bu harakatni yo‘q qilish va uning mamlakatda tiklanishiga barham berilishini kutyapmiz", – dedi toliblar vakili Bilol Karimiy.
Uning aytishicha, operatsiyalar davomida o‘nlab ISHID a’zolari o‘ldirilgani va asirga olingani haqida ma’lumotlar yetib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin