"Rossiya migrantlari": o‘zbekistonlik qiz go‘zallik tanlovi g‘olibasi bo‘ldi

"Rossiya migrantlari": o‘zbekistonlik qiz go‘zallik tanlovi g‘olibasi bo‘ldi
Bugun "Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Rossiya migrantlar federatsiyasi @fmr_online tashkil etdi.

Final bosqichida Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 10 nafar qiz qatnashdi.
Birinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Rushana Karimova egalladi.

U Moskva moliya-yuridik universitetida tahsil olish sertifikati bilan taqdirlandi. Migrant ayollar o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan go‘zallik tanlovi ikkinchi marta o‘tkazilmoqda.

O‘tgan yili tojikistonlik Fotima Kaladorova g‘olib bo‘lgandi, "vitse-miss" unvoni Rossiya Tuva Respublikasidan Diana Badirgi qo‘lga kiritdi, “tomoshabinlar e’tirofi” esa qirg‘izistonlik Kamila Polotbekovaga nasib qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar