Stokgolmdagi Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomini e’lon qildi. Mukofot amerikalik olimlar, jumladan Devid Kardga «mehnat iqtisodiyotiga empirik hissa qo‘shgani uchun», Joshua Angrist va Gvido Imbensga «sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishda uslubiy hissasi uchun» berildi.
Nobel qo‘mitasining press -relizida iqtisodchilarning tadqiqotlari batafsil bayon etilgan. Qo‘mitaning ta’kidlashicha, 2021 yilgi laureatlar ijodi ijtimoiy fanlar bo‘yicha empirik tadqiqotlarda inqilob qildi.
Kard minimal ish haqi, immigratsiya va ta’limning mehnat bozoriga ta’sirini tahlil qildi.
Angrist va Imbens tajribadan qanday sababiy xulosalar chiqarish mumkinligini ko‘rib chiqishdi; ular tomonidan ishlab chiqilgan usullar empirik kuzatish ma’lumotlari bilan ishlaydigan tadqiqotchilar tomonidan qabul qilingan.
O‘tgan yili bu yo‘nalishdagi mukofot amerikalik olimlar Pol Milgrom va Robert Uilsonga «auksionlar nazariyasini takomillashtirish va yangi auksion formatlarini ixtiro qilgani uchun» berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi