Foto: «Sayed Khodaiberdi Sadat/Anadolu Agency via Getty Images»
«Tolibon» harakati AQSH delegatsiyasi bilan yakshanba kuni yakunlangan muzokaralarni muvaffaqiyatli deb atagan. Bu haqda Interfaks ma’lum qildi.
«Afg‘oniston Islom Amirligi va Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyalari o‘rtasidagi ikki kunlik muloqot muvaffaqiyatli o‘tdi. Uchrashuvda siyosiy masalalar batafsil muhokama qilindi. Doha kelishuvining to‘liq bajarilishi Muammolarni hal qilish usuli Islom Amirligi tomonidan eng yaxshi natija deb topildi, shuningdek, gumanitar yordam siyosiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lmasligi kerakligi takidlandi», — deyiladi «Tolibon» tomoni ochiqlagan bayonotda.
Qayd etilishicha, AQSH vakillari afg‘onlarga gumanitar yordam ko‘rsatishga va boshqa gumanitar tashkilotlarga yordam yetkazib berish uchun sharoit yaratishga va’da bergan. «Tolibon» harakati o‘z navbatida bu qarorni olqishlagan.
«Diplomatik aloqalarni yaxshilash uchun harakat qilish kerak», — deyiladi harakat xabarida.
Qayd etilishicha, bunday uchrashuvlarni yaqin orada «agar kerak bo‘lsa» yana o‘tkazishga qaror qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi