10:53 / 13.10.2021
2 404

Kim Chen Inning jamoatchilikdan sir saqlaydigan xobbisi oshkor bo‘ldi

Kim Chen Inning jamoatchilikdan sir saqlaydigan xobbisi oshkor bo‘ldi
Foto: «Kremlin.ru»
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In har uch-to‘rt oyda bir jamoatchilik oldidan sirli ravishda g‘oyib bo‘lib, mish-mishlar to‘lqinini keltirib chiqaradi. The Times jurnalistlarining fikricha, bu vaqtda u o‘zining sevimli mashg‘uloti — sanoat dizayni bilan shug‘ullanadi.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In butilkalar, yuk kemalari, kompaniya logotiplari va maktab formalari dizaynini ishlab chiqishni boshlagan.

Bu dalillarni qo‘llab-quvvatlash uchun jurnalistlar Pxenyandagi sanoat dizayni ko‘rgazmasida Kim Chen Inning qo‘lida daftar bilan tushgan yangi fotosuratlarini keltirdi. Ko‘rgazmadan olingan ushbu fotosuratlarni tahlil qilib, jurnalistlar mamlakat rahbari kamida 25 kun davomida ishtirokchilarning 110 asarini o‘rganib chiqqanini aniqladi.

Tadbirda Shimoliy Koreya rassomlari ishtirok etgan va o‘zlarining turli dizayn loyihalarini ommaga namoyish qilgandi.
Shuningdek, KXDR rahbari ikkita yangi sayyohlik yo‘nalishi konsepsiyasini o‘rganayotgani xabar qilingan.

May iyun oylarida Kim Chen In qariyb bir oy davomida jamoatchilikka ko‘rinish bermagandi.

Sentabr boshida Kim Chen Inning internetda chop etilgan foto va videotasvirlari keng muhokama qilingan. Kadrlar Kimning sog‘lig‘i haqida yangi mish-mishlarga sabab bo‘lgan. Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan fotosuratda davlat rahbarining juda ozib ketganini ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen Inning jamoatchilikdan sir saqlaydigan xobbisi oshkor bo‘ldi