21:30 / 15.10.2021
3 063

Bunaqasi bo‘lmagan: BAAda noyob o‘g‘irlik sodir etildi

Bunaqasi bo‘lmagan: BAAda noyob o‘g‘irlik sodir etildi
Foto: «Securitylab.ru»
BAAda firibgarlar direktorning dipfeyk (sun’iy intellekt yordamida yaratilgan video) ovozi yordamida bankdan 35 million dollar o‘g‘irlashdi.

BAAda kiberjinoyatchilar bankdan direktorning dipvoysi yordamida 35 million dollarni o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lishdi.
Forbes xabariga ko‘ra, ushbu jinoyat pul o‘g‘irlashda ovozni klonlash texnologiyasidan foydalangan ikkinchi va ko‘lami bo‘yicha birinchi holat hisoblanadi.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat 2020 yil boshida sodir etilgan, biroq tafsilotlar endi oydinlashdi. Moliyaviy muassasa boshlig‘i go‘shakni ko‘tarib, bank bosh direktorining ovozini tanigan. U kompaniya yirik xaridlar qilmoqchi bo‘layotgani, buning uchun 35 million dollarlik bir nechta tranzaksiyani amalga oshirish kerakligini aytgan.

Firibgarlar, shuningdek, advokat va bank direktori nomidan elektron pochta orqali bitimni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni yuborishgan. Natijada tashkilot rahbari kerakli summani ko‘rsatilgan rekvizitlarga o‘tkazib bergan.

Birlashgan Arab Amirliklari politsiyasi fikricha, ushbu firibgarlikda 17 kishi qatnashgan. Ular o‘g‘irlangan pulni dunyoning turli burchaklaridagi hisob raqamlarga o‘tkazib yuborishgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bunaqasi bo‘lmagan: BAAda noyob o‘g‘irlik sodir etildi