"Tolibon" yaqinda Afg‘onistondagi qizlarni o‘rta maktablarga borishga ruxsat berishini va’da qilmoqda. Bu haqda TASS YUNISЕF ijrochi direktori o‘rinbosari Umar Abdi bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Abdining aytishicha, "Tolibon" tayinlagan ta’lim vaziri unga toliblar barcha qizlarga oltinchi sinfdan keyin o‘qishni davom ettirishlari uchun ruxsat berish ustida ishlayotgani, yaqin orada buning aniq tartibi ma’lum qilinishini aytgan.
"Siz bilan gaplashayotganimda, o‘rta maktab yoshidagi millionlab qizlar ketma-ket 27 kun ta’lim olmadilar. Biz kutgan har bir kun, maktabga bormaydigan qizlar uchun yo‘qotilgan kundir", - deydi Umar Abdi.
Abdi, shuningdek, Afg‘onistonning 34 viloyatining beshtasi - Balx, Juzjon, Samangon, Qunduz va Uruzg‘on allaqachon qizlarga o‘rta maktabda o‘qishga ruxsat berganini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi