
Foto: AP
Eron harbiy kemalari Adan ko‘rfazida mamlakatga tegishli ikkita neft tankerini egallab olishga uringan qaroqchilar hujumini qaytara oldi.
Eron harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni admiral Shahram Eroniyning ta’kidlashicha, 16 oktabrda qaroqchilar 5 ta motorli qayiqda neft tankerlariga hujum qilgan. Biroq tankerlarni kuzatib borgan harbiy kemalar hujumni qaytargan. Natijada qaroqchilar qarshilikka uchragach chekingan, tankerlar esa belgilangan manzilga yo‘lni davom ettirgan.
Eroniy ushbu hujumni “dengiz terrorchiligi” deb atagan. Ta’kidlanishicha, Eron o‘z kemalarini somalilik qaroqchilar hujumidan himoyalash maqsadida Hind okeani va Adan ko‘rfazida harbiy kemalar sonini oshirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar