15:55 / 18.10.2021
1 701

Ukraina prezidenti Zelenskiy «Pandora arxivi»dagi ofshor sxemalar haqida nima dedi?

Ukraina prezidenti Zelenskiy «Pandora arxivi»dagi ofshor sxemalar haqida nima dedi?
Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «Pandora arxivi»dagi, uning pul yuvishda vosita rolini bajargan ofshor kompaniyalar tarmog‘i haqidagi ma’lumotlarni birinchi marta izohladi, deb yozadi Meduza.

ICTV kanaliga bergan intervyusida u jurnalistlar surishtiruvida hech qanday yangi fakt ko‘rmaganini va bu ma’lumotlarning barchasi Ukraina sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko tomonidan nazorat qilinadigan OAVlarda avval ham paydo bo‘lganini aytdi.

«Ochig‘ini aytsam, syujet uncha yaxshi chiqmagan, sizga professional sifatida aytyapman. Birinchidan, hech qanday yangi narsa yo‘q, bu men uchun dejavyu kabi bo‘ldi. 2019 yilda xuddi shu kinoni oligarx Poroshenkoning kanallarida ko‘rganman, u menga qarshi, obro‘yimni to‘kadigan hech qanday ma’lumot yo‘qligini tushunib, shuni ko‘rsatgan… Yangi tafsilotlarni ko‘rmaganimdan xursandman. Bu shuni bildiradiki, o‘rtoq Pyotr 2019 yildan buyon Ukraina prezidenti sifatida menga taalluqli hech narsa topmagan», — dedi u.

Shu bilan birga, Zelenskiy o‘tmishda ofshor kompaniyalardan foydalanganini rad etib o‘tirmadi, ammo bularning barchasi pul yuvish emas, balki biznesni strukturizatsiya qilish uchun amalga oshirilganini ta’kidladi.

«2019 yilgacha nima qilgan bo‘lsa, barchasini odamlar biladi. Bu televideniye va kino. Yanukovich davrida hamma o‘z biznesini tuzish bilan shug‘ullanardi. Ayniqsa, televideniye, OAV bilan bog‘liq biznes. Barcha kanallarning chet elda o‘z kompaniyalari bo‘lardi. Chunki bu sizga siyosat o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi uchun imkoniyat edi. ‘Kvartal 95’ hajviya bilan shug‘ullanardi, hamma bosim o‘tkazardi, hamma o‘z ta’sirini o‘tkazishni xohlardi. Soliqdan har kuni bo‘lmasa, har hafta kelishardi, va shunaqa narsalar uchun bor edi… ‘Kvartal 95’ studiyasi ‘biznesini tuzish’ deb nomlanardi», — dedi Ukraina prezidenti.

«Men shaxsan o‘zim Ukrainada budjetsiz, davlatsiz noldan biznes qurdim. Pul yuvish bilan men ham, ‘Kvartal 95’ studiyasining birorta a’zosi ham shug‘ullanmagan. Biz faqat ijod bilan band bo‘lganmiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

«Pandora arxivi» deb ataluvchi surishtiruv 3 oktabr kuni Surishtiruvchi jurnalistlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ) tomonidan e’lon qilingandi. U 14 ta ofshor registratorlari ichki arxividan olingan ma’lumotlardan iborat — bu qariyb 12 millionta hujjat demakdir. Maqoladan keyin siyosatchilar va shou-biznes yulduzlari, ba’zi dunyo yetakchilari va ularning yaqin odamlari tomonidan ofshor sxemalar qo‘llanilgani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidenti Zelenskiy «Pandora arxivi»dagi ofshor sxemalar haqida nima dedi?