Foto: Getty Images
Amerikalik tibbiyot xodimlari B6, B12 vitaminlarini iste’mol qilish va o‘pka saratonining yuzaga kelish xavfi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqladi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
B guruhiga kiruvchi vitaminlar qattiq charchoq, ko‘z nurining xiralashishi, depressiya yoki nerv tizimi faoliyatining buzilishida yordam beradi.
Shu bilan birga, ular onkologik kasalliklarning rivojlanish xavfini yuzaga keltiradi. Ayniqsa, ular tamaki chekuvchi insonlar uchun xavfli. Vitamin qo‘shimchalarini iste’mol qiladigan insonlar saratonga — 2 barobar, chekuvchilar esa 3—4 barobar ko‘proq uchraydi.
Tadqiqot mualliflaridan biri, Ogayo shtati universitetining xodimi, dotsent Teodor Braskining ma’lum qilishicha, olimlar 77 ming kishiga taalluqli ma’lumotlarni tahlil qilib chiqqan. Ular B12 vitaminini iste’mol qilish, o‘pka saratonining rivojlanishini 30 foizga, B6 esa 40 foizga oshirishini aniqlagan.
«Kuniga 55 mikrogrammdan ortiq B12 vitaminini iste’mol qilgan erkaklarda saratonning yuzaga kelish xavfi B guruhiga kiruvchi vitaminlarni ichmagan erkaklarga nisbatan 98 foizga yuqori bo‘lgani kuzatildi», — deyiladi ilmiy ish natijalarida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?