19:45 / 18.10.2021
2 703

Hamid Karzay “Tolibon”ning dunyoda tan olinishi haqida gapirdi

Hamid Karzay “Tolibon”ning dunyoda tan olinishi haqida gapirdi
“Tolibon” hukumati xalqaro miqyosda tan olinishi uchun mamlakat ichida legitimlikka (qonuniylikka) muhtoj. Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay yakshanba kuni “Amerika ovozi”ga bergan intervyusida ana shunday fikr bildirdi.

O‘z yurtidagi legitimlik har qanday hukumat uchun boshqa davlatlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishning shartidir, – dedi u. – Mamlakat ichida legitimlikni ta’minlash, albatta, saylov yoki ayniqsa hozirgi sharoitda Afg‘onistonda bo‘lgani kabi afg‘on xalqi xohish-irodasining Loya Jirg‘a (umumafg‘on oqsoqollar kengashi) orqali ifodalanishi, konstitutsiyaning joriy etilishi va boshqalar bilan bo‘ladi”.

U Pokistonning Afg‘onistondagi voqealarga ta’siriga ishora qilib shunday dedi: “Mening birodar Pokistonga murojaatim shuki, u Afg‘onistonning vakili bo‘lishga urinmasligi kerak”. Karzay Pokistonning Afg‘oniston bilan aloqalarni aralashuv yo‘li bilan emas, balki “xalqaro munosabatlar tamoyillari” asosida saqlab qolishiga umid bildirdi.

Sobiq prezident shuningdek ISHIDning Afg‘oniston, afg‘on xalqining hayoti va farovonligiga tahdid ekanligini ham aytib o‘tdi. U ISHIDga qarshi kurashda mintaqa davlatlari Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hamid Karzay “Tolibon”ning dunyoda tan olinishi haqida gapirdi