
Foto: Instagram /jenniferkgates
Bill Geytsning to‘ng‘ich qizi Jennifer Geyts misrlik konkurchi Nail Nassarga turmushga chiqdi. Nikoh to‘yi Geytsning Nyu-York shtatidagi uyida o‘tgan.
Daily Mail nashrining xabar berishicha, to‘y tantanalari bir necha kun davom etgan. Juftlik dastlab 15 oktabrda musulmon urf-odatlariga ko‘ra to‘y qilgan, ertasi kuni esa ziyofat uyushtirgan.
Ta’kidlanishicha, to‘y Geytslar oilasiga 2 mln dollarga tushgan. Tantanali marosim uchun uy hududida maxsus pavilon qurilgan va bir nechta yuk mashina gullar buyurtirilgan.
Kelin otasi bilan Elton Jonning You Feel The Love Tonight qo‘shig‘iga raqsga tushgan.
To‘y mehmonlari xavfsizligini bir guruh tansoqchilar ta’minlagan. Bundan tashqari, politsiya Geytslar uyi joylashgan hududni to‘sib qo‘ygan.
Juftlik 2020 yil yanvarda unashtirilganini e’lon qilgan. Bungacha ular bir necha yil uchrashib yurishgan.
25 yoshli Jennifer Geyts va 30 yoshli Nassar Stenford universiteti bitiruvchilari hisoblanadi. Juftlik aynan shu yerda tanishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar