10:16 / 19.10.2021
2 227

Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi, Yaponiyada darhol tezkor shtab tuzildi

Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi, Yaponiyada darhol tezkor shtab tuzildi
Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon noma’lum ikkita raketa uchirdi. Bu haqda Mk.ru ma’lum qilmoqda. Keyinchalik Renxap agentligi Koreya Respublikasi Bosh shtab boshliqlariga asoslanib, bu ballistik raketa uchirilishi ekanligini aniqlagan.

Bunga javoban Yaponiya Sohil xavfsizlik xizmati ballistik raketa uchirilishi mumkinligi sabab bilan kemalarga ogohlantirish bergan.

Yaponiyada KXDR ballistik raketa uchirishi mumkinligi munosabati bilan Bosh vazirlik huzurida inqiroz shtabi tashkil etildi, deb xabar beradi NHK telekanali.

Mudofaa vazirligi rahbarlari ishtirokidagi uchrashuv mahalliy vaqt bilan 10:30 da boshlandi. Hozirgi vaqtda rasmiylar uchirilish, raketaning turi va uning qulash zonasi haqida ma’lumot to‘plashmoqda.

Avvalroq, Shimoliy Koreyadan qochgan amaldorning Kim Chen Inning maxfiy sirlari haqida maqola e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi, Yaponiyada darhol tezkor shtab tuzildi