00:23 / 20.10.2021
3 125

“Tolibon”ga muxoliflar qurolli kurash boshlanganini e’lon qildi

“Tolibon”ga muxoliflar qurolli kurash boshlanganini e’lon qildi
Ahmad Mas’ud boshchiligidagi Afg‘oniston milliy qarshilik fronti Kapisa viloyatida “Tolibon” harakatiga qarshi qurolli kurash boshlanganini e’lon qildi. Muxoliflar Panjsher va Andarab bilan birgalikda Kapisa viloyatida ham toliblarga qarshi partizan urushini olib bormoqchi.

Ahmad Mas’udning otasi, marhum Ahmad Shoh Mas’ud ham o‘z vaqtida “Tolibon”ga qarshi jang qilgan.

Ma’lumki, AQSH va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilgandan so‘ng toliblar avgust oyida mamlakatning deyarli barcha viloyatlarini hech qanday jangsiz egallab oldi. 15 avgustda ular Kobulga kirib bordi.

Shundan keyin toliblar ikki haftadan ko‘proq vaqt davomida ularning nazoratida bo‘lmagan yagona viloyat – Panjsherga kirishga urindi. 6 sentabrda ular vodiyda nazorat o‘rnatilganini e’lon qildi. Biroq Milliy qarshilik fronti vakillari buni rad etib, toliblar Pokiston aviatsiyasi yordamida faqat Panjsher darasini egallashga muvaffaq bo‘lganini, mintaqadagi boshqa 23 daraning hammasi front nazorati ostida ekanligini aytdi.

Shuningdek, Milliy qarshilik fronti panjsherliklar bilan birga qo‘shni Bag‘lon viloyatining Andarab vodiysida “Tolibon”ga qurolli qarshilik boshlanganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon”ga muxoliflar qurolli kurash boshlanganini e’lon qildi