11:06 / 24.10.2021
1 951

AQSHda o‘limga olib keluvchi xavfli kasallik manbasi topildi

AQSHda o‘limga olib keluvchi xavfli kasallik manbasi topildi
Qo‘shma Shtatlarda o‘limga olib keluvchi kasallikning kutilmagan manbasi — melioidoz topildi. Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi.

AQSHning Minnesota, Kanzas, Jorjiya va Texas shtatlarida yashovchi to‘rt nafar kishi Janubi-Sharqiy Osiyo va Shimoliy Avstraliyada ko‘p tarqalgan va ifloslangan yer yoki suv orqali tarqaladigan ekzotik kasallikka chalingan. Oxir-oqibat ikki amerikalik ushbu kasallikdan halok bo‘lgan.

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) mutaxassislari tomonidan olib borilgan tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, kasallikning mamlakatda tarqalishiga Hindistonda ishlab chiqarilgan sprey sababchi bo‘lgan.

Ekzotik kasallikka chalinganlar AQSHdagi mashhur supermarketlar tarmog‘ida sotiladigan Hindistondan kelgan lavanta va romashka o‘simligidan tayyorlangan spreydan havoni tozalash vositasi sifatida yoki yostiqqa yoqimli hid qo‘shish uchun foydalangan.

Avvalroq AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Yaponiya shifokorlari butun dunyo bo‘ylab bolalar nafas yo‘llari kasalliklarini keltirib chiqaruvchi kam ma’lum bo‘lgan respirator sinsitial virus (RSV) bilan ommaviy ravishda kasallana boshlagani haqida xabar berishgan edi. Nyu-York shifoxonalaridan birining bolalar yuqumli kasalliklari bo‘limi mudiri Rabia Aganing so‘zlariga ko‘ra, aprel oyida chaqaloqlar va bolalarning yangi virusni yuqtirish holatlari kuzatilgan, shu sababli zudlik bilan reanimatsiya bo‘limlari ishga tushirilgan.

Olimlarning fikricha, koronavirus pandemiyasi RSV tarqalishiga ta’sir ko‘rsatgan va karantin choralari tufayli bolalarda virusga qarshi immunitet shakllanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda o‘limga olib keluvchi xavfli kasallik manbasi topildi