1 809
Berdimuhamedov Ashxobodga tashrif buyurgan Qozog‘iston prezidentiga ot va it sovg‘a qildi
Foto: Facebook
24 oktabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ikki kunlik davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi. Bu haqda To‘qayevning matbuot kotibi Berik Ualiga tayanib, «Xronika Turkmenistana» xabar berdi.
Aeroportda Qozog‘iston rahbarini Turkmaniston bosh vazirining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedov kutib olgan. U yerdan To‘qayev va kichik Berdimuhamedov muzokaralar olib borish uchun «Og‘uzkent» mehmonxonasiga yo‘l olgan. Uchrashuvda qanday masalalar muhokama qilingani haqida na turkman, na qozoq matbuot xizmatlari xabar bergan.
Foto: Facebook
Shundan so‘ng Qozog‘iston prezidenti Axalteke ot sporti majmuasiga bordi, uni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi.
Bu yerda mehmonga Turkmaniston rahbarining otlar kolleksiyasi tanishtirilib, chavandozlar tomoshasi namoyish etildi. Turkmaniston davlat axborot agentligining yozishicha, dasturning diqqatga sazovor joyi otlarning san’atkorlar bilan birgalikda ijro etgan kushtdepdi raqsi bo‘ldi.
«Bu yorqin, o‘ziga xos ot sporti namoyishi mamlakatimizning hurmatli mehmonida chindan ham hayratlanarli taassurot qoldirdi», — deyiladi agentlik xabarida.
Foto: Facebook
Tadbir so‘ngida Gurbanguli Berdimuhamedov qozog‘istonlik hamkasbiga Axalteke zotli Ganatli otini sovg‘a qildi. Axalteke otlari xalqaro assotsiatsiyasi va «Turkman alabayi» xalqaro assotsiatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Serdar Berdimuhamedov esa Bovser laqabli tozi it sovg‘a qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi