08:21 / 26.10.2021
1 604

Virusolog koronavirusning «delta» shtammini simptomlarsiz tashuvchilar toifasini ochiqladi

Virusolog koronavirusning «delta» shtammini simptomlarsiz tashuvchilar toifasini ochiqladi
Foto: m24.ru
«COVID-19»ning «delta» shtammi kuchli tug‘ma immunitetga ega yoki ilgari virusning boshqa variantlar bilan zararlangan odamlarda simptomlarsiz bo‘lishi mumkin. Bu haqda rossiyalik Maksim Skulachev aytib o‘tdi.

Uning ta’kidlashicha, ommaviy tekshiruvlar o‘tkazilmagani uchun simptomlarsiz bemorlarning aniq sonini aytish qiyin. Koronavirusni yuqtiruvchilarning taxminan 25 foizida kasallik alomatlari kuzatilmaydi.

Avvalroq tibbiyot fanlari doktori, professor va virusolog Anatoliy Altshteyn mahalliy tibbiyot «COVID-19»ning yangi AY.4.2 shtammi bilan «uchrashish»ga tayyorligini aytgan edi.

Virusologning so‘zlariga ko‘ra, hozircha Rossiya vaksinalarining koronavirusning yangi mutatsiyasiga qarshi qanchalik samarali ekanligi haqida ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Virusolog koronavirusning «delta» shtammini simptomlarsiz tashuvchilar toifasini ochiqladi