16:19 / 26.10.2021
954

"Zo‘rg‘a yuribdi" - siyosatshunos Bayden reytingi nega tushib ketgani haqida

"Zo‘rg‘a yuribdi" - siyosatshunos Bayden reytingi nega tushib ketgani haqida
Amerika yetakchisi Jo Bayden reytingining pastlab ketishi faqatgina Afg‘onistondan qo‘shinlar chiqarilishi tashkiloti va koronavirusga bog‘liq emas, deb hisoblaydi siyosatshunos, sharqshunos Yevgeniy Satanovskiy.

AQSHda 1945 yildan buyon prezident reytingining rekord darajada pastlashi qayd etildi. Gallup jamoatchilik fikrini tadqiq qilish instituti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda Jo Baydenni 44,7% amerikaliklar qo‘llab-quvvatlamoqda, bu esa yil boshidagidan 11,3 foizga kamdir.

"Bu ehtimol, uning yomon prezidentligi bilan bog‘liq - axir bu holat shundoq ayon. Zo‘rg‘a nafas olyapti - hech kimda hech qanday zarracha taassurot qoldirmaydi. Xuddi zombidek taasurot uyg‘otadi. Bayden artist Lesli Nilsenga o‘xshaydi. Faqat u ahmoq rolini o‘ynardi, bu esa, aftidan, "Goliy pistolet" filmining haqiqiy bosh qahramoniga o‘xshayapti. Lekin real siyosatda bu filmdagidan ko‘ra xavflidir", – dedi Satanovskiy RIA FAN muxbiri bilan suhbatda.

U shuningdek, ushbu holatni amerikaliklarning o‘ziga qo‘yib berish lozimligini, sababi Bayden - ularning tanlovi bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.
"Bu holatlarning barchasi uning reytingiga ta’sir ko‘rsatdi, jumladan, afg‘on bilan bog‘liq vaziyat ham. Odamlar prezidenti sharmanda bo‘lishini yoqtirishmaydi, alqissa. agar yetakchi o‘zining qayerdaligini tushunmasa, boz ustiga ichki va tashqi siyosatda katta xatoliklarga yo‘l qo‘ysa", – deb qo‘shimcha qildi Satanovskiy.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » "Zo‘rg‘a yuribdi" - siyosatshunos Bayden reytingi nega tushib ketgani haqida