
Ular "xalqaro huquqni buzadigan va Yaqin Sharq mojarosini ikki davlat mavjudligi asosida barqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlarga putur yetkazadigan" yahudiy maskanlari qurish siyosatiga qarshi chiqishlarini ta’kidlashgan.
Yevropaning 12 mamlakati tashqi ishlar vazirlari Isroilni Iordan daryosining G‘arbiy sohilida 3 mingdan ortiq uy qurish rejasidan voz kechishga chaqirdi.
"Biz Isroil hukumatini G‘arbiy sohilida 3 mingdan ortiq uy qurish rejasidan voz kechishga chaqiramiz", - deyiladi vazirlar bayonotida.
Ular "xalqaro huquqni buzadigan va Yaqin Sharq mojarosini ikki davlat mavjudligi asosida barqarorlashtirishga bo‘lgan urinishlarga putur yetkazadigan" yahudiy maskanlari qurish siyosatiga qarshi chiqishlarini ta’kidlagan.
Hujjatni Belgiya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Finlyandiya, Fransiya va Shvetsiya diplomatlari imzolagan.
27-oktabrda Isroil fuqaro ma’muriyatining rejalashtirish komissiyasi Iordan daryosining G‘arbiy sohilida yahudiylar uchun 3144 ta uy qurilishi rejasini tasdiqlagandi.
Falastin tashqi ishlar vazirligi bu tinchlik muzokaralari uchun yomon oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, AQSH davlat departamenti Isroilning bu rejalari keskinlikni kuchaytirishi mumkinligini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar