08:30 / 30.10.2021
1 773

Toliblar Afg‘onistondagi qarshilik fronti AQSH himoyasi ostida harakatlanayotganini bildirdi

Toliblar Afg‘onistondagi qarshilik fronti AQSH himoyasi ostida harakatlanayotganini bildirdi
Foto: AP
“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi milliy qarshilik frontini AQSH himoyasi ostida harakat qilayotganlikda aybladi. Muvaqqat hukumat rasmiy vakili Inomulla Samanganiy ana shunday bayonot bilan chiqdi.

Ular o‘z muvaffaqiyatsizliklarida Trampni, Baydenni ayblashgandi, endi esa Qo‘shma Shtatlar soyaboni ostida qarshilikni davom ettirishga tayyor”, – deya Samanganiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AamajNews agentligi.

Avvalroq qarshilik fronti vakili Ali Maysam Nazariy AQSHda lobbichilik faoliyatini olib borish va amerikalik siyosatchilarni afg‘on muxolifatini qo‘llab-quvvatlashga ishontirish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy agent sifatida ro‘yxatdan o‘tishgani haqida xabar bergandi.

Afg‘oniston milliy qarshilik fronti Qo‘shma Shtatlarda rasman xalqaro ofis ochishga ruxsat oldi va tez kunlarda butun dunyo bo‘ylab faoliyatini kengaytiradi”, – deb yozdi u Twitter sahifasida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar Afg‘onistondagi qarshilik fronti AQSH himoyasi ostida harakatlanayotganini bildirdi