Foto: Mandel Ngan/AFP
Yaqin oylar ichida AQSH Rossiyaning 55 nafar diplomati va ma’muriy-texnik xodimlarini mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Hozirda Rossiyada amerikaliklardan 130 kishi ishlayapti, bizning Vashingtondagi missiyamiz va Nyu-York hamda Hyustondagi bosh konsulxonalarimizda 200 dan kamroq kishi bor. Vashington talabi bilan 55 nafar diplomat va ma’muriy-texnik xodimlarimiz yaqin oylar ichida AQSHni tark etishi lozim”, – dedi Zaxarova.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 2016 yil oxiridan buyon AQSH turli bahonalar bilan yuzdan ortiq rossiyalik xodimlar va ularning oila a’zolarini mamlakatdan chiqarib yuborgan.
Avvalroq AQSH Senati prezident Jo Baydenni Moskvadagi elchixona shtatini ko‘paytirish bo‘yicha zudlik bilan chora ko‘rish, Rossiya hukumati yon bermaydigan bo‘lsa, 300 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborishga chaqirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi