1 776
«Afg‘oniston so‘zi hamon tadbirkorlarni qo‘rqitadi». «Tolibon» davrida Afg‘onistondagi o‘zbek biznesi haqida
O‘zbekistonlik yuk tashuvchilar Afg‘oniston chegarasida bojxona rasmiylashtiruvi cho‘zilib, qiyinlashib ketganidan shikoyat qilmoqda. Bu haqda Agence France-Presse nashriga tayanib, Spot yozdi.
«Afg‘onistonda ‘Tolibon’ hokimiyatga kelishi bilan bojxonada korrupsiya deyarli yo‘qoldi. Biroq yangi bojxonachilar, asosan, noprofessional va kerakli malakaga ega emas», – deydi ular.
«Avvallari Afg‘onistonga borib qaytishimiz uch kun davom etgan bo‘lsa, endi bir haftadan ortiq cho‘zilyapti», — deya yuk tashuvchi Rafiq Xo‘jakovning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Uning fikricha, bojxonachilar kompyuter bilan ishlashni bilmaydi.
Yangi hukumatning kelishi savdo aloqalarini muzlatib qo‘ymadi, aksincha, ularni sezilarli darajada murakkablashtirdi, deydi tadbirkorlar. Mahalliy tashuvchilardan birining rahbarining aytishicha, ayrim haydovchilar Afg‘onistonga kirishdan qo‘rqishadi, shuning uchun Afg‘oniston tomonidagi boshqa haydovchilarga pul to‘lashlari kerak. Afg‘oniston tomoni bu bayonotlarga qo‘shilmaydi.
«Tolibon» tomonidan tayinlangan Hayraton bojxona boshlig‘i Abdul Sattor Rashid, «tashuvchilar avvalgi hukumatdagidan ko‘ra ko‘proq qoniqish hosil qilmoqda, tovarlar bojxonadan tezroq o‘tmoqda», – deydi Abdul Sattor Rashid.
Port sari yo‘l
O‘zbekiston yangi tuzumga nisbatan ishbilarmonlik yondashuvini qo‘llamoqda, deya qayd etadi AFP. O‘zbekistonning Pokiston va Eron portlariga chiqishi uchun eng qisqa yo‘l Afg‘oniston orqali o‘tadi.
Janubiy yo‘nalishni rivojlantirish uchun Termiz yuk markazi terminali tashkil etildi, u yerdan yuklar Hayraton orqali Mozori Sharifga jo‘natiladi. 2020 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 776 million dollarga yetdi va tomonlar uni 2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirgan.
O‘zbekiston tomoni Mozori Sharifga temir yo‘l yotqizdi va uni Kobulga, so‘ngra Pokistongacha uzaytirishni rejalashtirgan. Loyiha O‘zbekiston rasmiylarining «Tolibon» hukumati delegatsiyasi bilan uchrashuvida ham muhokama qilindi, deb xabar beradi agentlik.
Termiz Kargo markazi rahbari Nodirbek Jalilov AFP agentligiga bergan intervyusida o‘z korxonasi istiqbollari haqida fikr bildirdi.
«Markazimiz Pokistonning Gvadar va Karachi kabi portlariga (Afg‘oniston orqali) savdo tranziti bo‘yicha bir nechta rejalarga ega», – dedi Jalilov. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, «Afg‘oniston» so‘zi hamon tadbirkorlarni qo‘rqitadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?