Foto: «Rusdialog.ru»
AQSH prezidenti Jo Bayden o‘zidan avvalgi davlat rahbari, respublikachi Donald Trampning mamlakatni iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish haqidagi qarori uchun xalqaro hamjamiyatdan uzr so‘radi.
«Kechirim so‘ramasligim kerak aslida, lekin AQSH avvalgi ma’muriyat davrida Parij kelishuvidan chiqqani uchun uzr so‘rayman», – dedi Bayden shu kunlarda Glazgoda o‘tayotgan iqlim konferensiyasida.
2017 yilda AQSHning o‘sha paytdagi prezidenti Donald Tramp Vashington iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidagi ishtirokini to‘xtatishini ma’lum qilgan edi. 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida Trampni mag‘lub etgan Jo Bayden inauguratsiyadan ko‘p o‘tmay AQSHni shartnomada ishtirok etuvchi davlatlar ro‘yxatiga qaytarish haqidagi farmonni imzoladi.
Konferensiya Glazgoda 31 oktabrdan 12 noyabrgacha davom etadi. Tadbirlar dasturiga ko‘ra, rasmiy muzokaralar bilan bir qatorda, konferensiyada jamiyatning barcha tarmoqlari va global iqtisodiyot qanday qilib iqlimga oid ulkan harakatlarga turtki berayotganiga e’tibor qaratiladi.
Sammit davomida issiqxona chiqindilarini kamaytirish va uglerod neytralligiga erishish masalalariga oid qator hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi